Vazir o‘rinbosari Geologiya fanlari universiteti talaba yoshlari bilan muloqot qildi
2026-03-12 16:25:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida haftaning har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilangan edi.

12-mart kuni vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi hamda ta’lim oluvchi yoshlar taklif va g‘oyalarini tinglash maqsadida Geologiya fanlari universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda vazir o‘rinbosari U.Yusupov va Geologiya fanlari universiteti rektorining birinchi o‘rinbosari B.Urunov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida rahbarlar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, tadbir ishtirokchilarining fikr-mulohazalarini tingladilar.
Yoshlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularni kelgusida birgalikda amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish belgilab olindi.









