Technip Energy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-03-10 17:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov vazirlik mutasaddilari hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ mas’ullari bilan birgalikda Technip Energy injiniring kompaniyasi vakillari Gaetano Krishi va Luiji Fiorentino bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning noyob va texnologik metallar yo‘nalishidagi istiqbollari haqidagi taqdimot namoyish qilindi.
Tomonlar xalqaro standartlar asosida loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik, shuningdek tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.





