Koreya savdo, sanoat va energiya vazirligi bilan O‘ta muhim minerallar sohasida sheriklik to‘g‘risida kelishuv imzolandi
2024-06-15 11:05:00 / Yangiliklar

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energiya vazirligi o‘rtasida Kritik minerallarni qazib olish, qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha ikki tomonlama Hamkorlik kelishuvi, “KIGAM” bilan raqamlashtirish va koʻchkilar monitoringi boʻyicha Big Data grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kelishuv hamda “KIGAM”, Kon-geologiya vazirligi hamda Mineral resurslar instituti oʻrtasida istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish, shu jumladan noyob minerallarni izlash va texnologik tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha Kelishuv imzolandi.
Mazkur hujjatlar Koreyaning texnologik va ilgʻor kompaniyalari bilan “yashil” kelajakka moʻljallangan qoʻshma loyihalarni jadallashtirishga xizmat qiladi.



