Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida professional kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi
2026-03-05 17:50:00 / Yangiliklar

Seminar davomida mutaxassislarning professional kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajriba taqdim etildi. Alohida e’tibor energetika va tog‘-kon sanoati sohalari mutaxassislarini tayyorlashga mo‘ljallangan kompleks o‘quv dasturlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda raqamli ta’lim formatlarini o‘z ichiga olgan NExT SLB ta’lim platformasiga qaratildi.
Hamkorlik doirasida avval “O‘zbekgeofizika” AJ texnik jamoasining professional kompetensiyalarini baholash bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirilgan. Loyiha doirasida mutaxassislarning mavjud ko‘nikmalari hamda ularning sohaning zamonaviy talablariga muvofiqligi bo‘yicha kompleks baholash o‘tkazilgan.





