Kon-geologiya vazirligida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
2026-02-26 11:10:00 / Yangiliklar
Mazkur tartibga ko‘ra, korrupsiogen omillarni barvaqt oldini olish, ularni bartaraf etish maqsadida Vazirlikning boshqaruv xodimlar tomonidan yiliga bir marta manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish shakli (deklaratsiya) to‘ldirilishi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu hujjat talablariga muvofiq Kon-geologiya vazirligining 110 nafar boshqaruv xodimlari (5 ta vakansiya) tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi deklaratsiyalar to‘ldirildi va barcha holatlar vazirlikning Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli xulosa va takliflar berildi. Xususan, deklaratsiya to‘ldirgan 110 nafar boshqaruv xodimlardan 11 nafarida vazirlik va uning tizimidagi korxonalar, hamkor va kontragentlarda yaqin qarindoshlari ishlashi natijasida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holat qayd etildi.
Vazirlikda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish hamda unga chek qo‘yish maqsadida Kon-geologiya vazirining 2026 yil 23 fevral kuni 29-sonli buyrug‘i qabul qilindi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, ularga bitta vazifa, obʻektda yoki loyihada birgaliklikda ishlashi boʻyicha cheklov belgilandi. Bundan tashqari, xaridlar jarayonida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish maqsadida vazirlikning 42 nafar xodimlarining yaqin qarindoshlariga tegishli 82 ta tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzish boʻyicha cheklov belgilandi.
Tizimda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.
