Torontodagi PDAC-2026 doirasida “Uzbekistan Day” tadbiri tashkil qilinmoqda
2026-02-27 17:55:00 / E’lonlar

Tadbirda O‘zbekistonning AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, shuningdek, yetakchi milliy kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.
“Uzbekistan Day” — O‘zbekistonning geologik salohiyati, investitsion imkoniyatlari hamda Mine–Metal–Market tamoyili asosida shakllanayotgan to‘liq qiymat zanjiriga asoslangan sanoat modelini xalqaro hamjamiyatga taqdim etish uchun muhim muloqot maydoni.
📅 1-mart
⏰ 08:00–12:00
📍 PDAC North Building, Meeting Room 202B
Shuningdek, 2-mart kuni Kanadaning xalqaro savdo vakillari tarmog‘i — Savdo komissarlari xizmati (TCS) tomonidan tashkil etilayotgan PDAC Global Roundtables doirasidagi “Uzbekistan Global Roundtable” sessiyasi ham bo‘lib o‘tadi.
Sessiyada O‘zbekistonning texnologik metallar sohasidagi investitsion salohiyati va chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan yangi sanoat modeli bilan yaqindan tanishish mumkin.
📅 2-mart, 2026
⏰ 14:30 – 16:00 (EST)
📍 MTCC, North Building, Room 104A
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📩 anna.ilhan@uztmk.uz
