Kon-geologiya vazirligida “Raqamli komplayens” axborot tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi
2026-02-26 15:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 26-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirlik va tizim korxonalari komplayens yo‘nalishi xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “UZINFOCOM” masʼullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmonidagi vazifalar, jumladan “Raqamli komplayens” axborot-dasturiy kompleksini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarini barvaqt aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi.


