Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv haqida
2026-02-25 12:10:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova hamda Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mehmonlarga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” Qonun, tadbirkorlar va investorlarga shaffof mexanizmlar asosida taklif etilayotgan yer qa’ri uchastkalari, kombinatlarda joriy qilinayotgan ESG tamoyillari va boshqa yutuqlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi.


