Traxys Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-02-24 16:35:00 / Yangiliklar
2026-yil 24-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islomov vazirlikning mas’ul xodimlari, “Navoiyuran” DK hamда “O‘zTMK” AJ rahbarlari bilan birgalikda Traxys Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda kompaniyaning bosh ijrochi direktori Mark Kristof, shuningdek Traxys kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha hamkori Temurbek Xikmatullayev ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga berilayotgan e’tibor, amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga investitsiyalar va investorlarni jalb qilish, bir qator istiqbolli loyihalarda o‘zaro hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Traxys vakillariga soha korxonalarining yutuqlari, erishilgan natijalari, kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar, xalqaro miqyosdagi e’tiroflar haqida ma’lumot berildi.




