AQShda FLSmidth kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qilindi
2026-02-23 16:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi hamda AQShning FLSmidth kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, hamkorlikdagi mavjud loyihalarni jadallashtirish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari FLSmidth kompaniyasining R&D markazlari va laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Muloqot davomida uskunalar, ularning butlovchi qismlari, mahsulotlarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish borasida fikr almashildi.








