Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv xususida
2026-02-20 17:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 20-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir B.Islamov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B. Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi tog‘-kon va geologiya sohasidagi hamkorlikning joriy holati hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Tomonlar geologiya qidiruv ishlari, yer qaʼridan foydalanish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.


