Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari hamda tizimli vazifalarini o‘z vaqtida, samarali va to‘liq amalga oshirishga qaratilgan “Iqtisodiy o‘qish” o‘tkazildi
2026-02-20 17:15:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga 2026-yilda belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil qilish, belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda vazirlik tizimidagi tashkilot rahbarlariga davlat dasturi doirasida belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil qilish, belgilangan vazifalarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.







