Vazirlik huzuridagi Situatsion markaz faoliyati o‘rganildi
2026-02-19 12:10:00 / Yangiliklar

Markaz 2024-yilda imzolangan qo‘shma qaror asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi — budjet mablag‘laridan samarali foydalanish va daromadlarning to‘liqligini real vaqt rejimida monitoring qilishdan iborat.
“Masofaviy audit”, “Davlat auditi” shuningdek “UzASBO” dasturlari orqali tizim tashkilotlarining ish haqi, tushum va xarajatlar ustidan nazorat olib borilmoqda. Shu bilan birga situatsion markazda vazirlikning “Geomonitoring” hamda “Waterbase” AAT platformalari taqdimot qilindi.
Markazda ichki audit milliy sertifikatiga ega 2 nafar auditor, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi rahbari hamda tegishli mutaxassislar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mutasaddi rahbarlar tomonidan “Geomonitoring” hamda “Waterbase” AAT platformalarini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son Farmoni ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida vazirlikda tashkil etilayotgan Hisob palatasi vakili bosh inspektori tomonidan amalga oshiriladigan kelgusidagi faoliyatni chora-tadirlar rejasi ko‘rinishida tasdiqlab joriy qilish kelishib olindi.






