BMT YeIK dasturiga qo‘shilish bo‘yicha Milliy muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-02-18 16:35:00 / Yangiliklar

Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va suv bo‘yicha xorijiy ekspert kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirning dastlabki qismi “Yer osti suvlarini boshqarish” mavzusida o‘tdi, unda Kon-geologiya vazirligi vakili tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksida yer osti suvlari” mavzusida taqdimot qilinib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yer osti suvlari bo‘yicha xalqaro grant loyihalari va tadqiqotlar natijalari yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Yig‘ilish yakunida BMT qo‘llab-quvvatlovi bilan suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.




