Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida joriy faoliyatning tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-02-17 17:55:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar, xususan “KPI samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2025-yildagi natijalari hamda 2026-yil uchun rejalar”, “Ijro-intizomini mustahkamlash hamda yanvar – fevral oylaridagi asosiy topshiriqlarning bajarilish holati”, “Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va o‘z vaqtida qabul qilinishi ta’minlash chora-tadbirlarining joriy holati” kabi mavzularda mas’ullarning hisobotlari eshitildi, vazifa hamda topshiriqlar ijrosining muammoli tomonlari, e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi.
Vazirlar Mahkamasi bo‘lim boshlig‘i hamda bevosita sohaga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmonidagi topshiriqlar ijrosi, shuningde vazirlik va soha korxonalarning KPI samaradorlik ko‘rsatkichlarining sifatli bajarilishiga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi ta’kidlab o‘tildi.









