Xatirchiga xizmat safari: yangi zavodlar va tadbirkorlar muammolarining yechimi
2026-02-12 17:15:00 / Yangiliklar

Xususan, Koʻksaroy mahallasi hududida 9,6 gektar maydonda joylashgan granit konida xomashyoni qayta ishlash korxonasi, shuningdek, Baxshijar mahallasida boʻsh turgan yaylov yer maydonida toʻliq xorij kapitali ishtirokida qiymati 35 million AQSh dollari boʻlgan granit toshlaridan yuqori qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan zavod loyihasi koʻzdan kechirildi.
Tumanda o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davomida mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularga amaliy koʻmak koʻrsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Langar qoʻrgʻoni hududida volfram konlari hamda nodir va noyob metallarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha mahalliy va xorijiy korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi.
Shuningdek, xizmat safari davomida konlarni oʻzlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.








