Kon-geologiya vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasining eshituvi bo‘lib o‘tdi
2026-02-12 16:10:00 / Yangiliklar

Qo‘mita eshituvida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R.Yusupov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F. Zayniyev, Qonunchilik palatasi deputatlari hamda vazirlikning mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda vazir o‘rinbosari R.Yusupov 2025-yilda amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar haqida hisobot berdi.
Shuningdek, deputatlarning savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi hamda muhokama qilinayotgan masalalarning dolzarbligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari deputatlar “O‘zbekgidrogeologiya” DMda bo‘lib, yer osti suvlari monitoringi Situatsion markazi faoliyati bilan tanishdilar. Markaz mutaxassislari respublika hududidagi yer osti suv havzalarida o‘lchov ishlari raqamlashtirilgan holda onlayn tartibda olib borilayotganini amaliy tarzda taqdimot qilishdi.









