“Yevropa – O‘zbekiston – OKMK hamkorlari” doirasida ayollar-liderlarining beshinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-02-11 17:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, KIW IPEX Bank GmbH kompaniyasi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasi bo‘yicha direktori Y.Galistsina, Trafigura kompaniyasi treyderi M.Samoylova, Jebsen & Jessen Industrial Solutions GmbH mintaqaviy direktori Shtefani Mayer-Sidov, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Q.Ermatova, vazirlik tizimosti korxonalarining xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari kirish so‘zi bilan ochib berdi va uchrashuvning ahamiyati, muhokama qilinadigan mavzularning dolzarbligi haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng tadbirning maxsus mehmoni Engineering Dobersek GmbH kompaniyasi ijrochi direktori N. Dobersek “Ayol-liderning xalqaro muhandislik va sanoat loyihalaridagi shaxsiy strategiyasi” mavzusida taqdimot qildi.
“Ayol-liderning shaxsiy strategiyasi” panel sessiyasida mavzu yuzasidan bir qator keyslar muhokama etilib, ishtirokchilar o‘zaro shaxsiy tajriba almashdilar.
Shuningdek, tadbirda vazir maslahatchisi Z.Axmedova “Til, qadriyatlar va yetakchilik: kommunikatsiyalar boshqaruv strategiyasining asosi” mavzusida, bo‘lim boshlig‘i N.Dulabova “Geologiyada liderlik: hududlar boshqaruvida ayol rahbarning professional yo‘li” mavzusida ma’ruza qilishdi.






