NKMK: Qoqpatas va Dovg‘istov oltin konlarida maʼdan qazib olishning 3-navbati haqida
2026-02-10 17:10:00 / Yangiliklar

2025-yilda mazkur loyiha doirasida bajarilgan ishlar natijasida 140 mln. kubometrdan ortiq tog‘ jinslari qazib olinib, qariyb 16 mln. tonna maʼdan qayta ishlandi.
Xususan, “Dovg‘istov” konida o‘tgan yilda tog‘ jinslarini qazib olish hajmi 2024-yilga taqqoslaganda 15 foizga oshdi. 3-gidrometallurgiya zavodida yangi maydalash tegirmonlari ishga tushirilib, korxonaning yillik maʼdan qayta ishlash quvvati 10 mln. tonnaga yetkazildi.
Konchilik texnikalari tarkibi muntazam yangilanib, yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega “Komatsu”, “Hitachi”, “Liebherr” rusumli gidravlik ekskavatorlar hamda zamonaviy burg‘ilash uskunalari, avtoag‘dargichlar keltirildi.
Investitsion loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nafaqat maʼdan qazib olish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishchi-xodimlar uchun ish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda “Qoqpatas” va “Dovg‘iztov” konlarining oltin tarkibli maʼdan zaxiralarini tasdiqlash bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

