Pokistonda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi tashkil qilindi
2026-02-06 16:15:00 / Yangiliklar
Pokistonda tashkil etilgan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari stendi tadbir ishtirokchilari va mehmonlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Stendda kon-metallurgiya korxonalaridan “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “O‘zTMK” AJ hamda “O‘zmetkombinat” AJ mahsulotlari namoyish qilinmoqda.






