Rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyati, yetakchilik qobiliyati va kompetensiyalarini aniqlashga qaratilgan kompleks baholash tadbirlari o‘tkazildi
2026-02-06 12:40:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyati, yetakchilik qobiliyati hamda zamonaviy davlat boshqaruvi talablariga mos kompetensiyalarini aniqlashga qaratilgan kompleks baholash tadbirlari tashkil etildi.
Baholash jarayoni ikki bosqichda amalga oshirildi: rahbar kadrlarni baholash markazida test va diagnostika ishlari oʻtkazildi hamda situatsion-tahliliy oʻyinlar asosida biznes-trening tashkil etildi.
Tadbirlar davomida rahbarlik testlari, shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni baholash usullari, murakkab ish holatlarini aks ettiruvchi situatsion mashqlar hamda EEG tashxisi qoʻllanildi. Ushbu jarayon natijalari asosida har bir ishtirokchi uchun individual kasbiy va karyera rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi.
Biznes-treningni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi oʻqituvchisi R.Toʻraxoʻjayeva olib bordi. Mazkur tadbirlar davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni oshirish, kadrlar salohiyatini tizimli ravishda rivojlantirish hamda zamonaviy rahbarlar korpusini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









