Parijda Orano kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv haqida
2026-02-05 15:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi Parijda Fransiyaning Orano kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda tomonlar oʻrtasida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli maydonlardagi geologiya-qidiruv ishlari va aniqlangan konlarni oʻzlashtirish loyihasi yuzasidan fikr almashdilar.
Xususan, Fransiya kompaniyasi vakillari tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholanib, loyiha istiqboli hamda oldinda turgan rejalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida, Kon-geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari F.Xamidova tomonidan loyiha doirasida oldinga qoʻyilgan maqsadlarga erishish hamda vazirlik mazkur yoʻnalishda doimiy qoʻllab-quvvatlovga tayyorligini taʼkidlab oʻtdi.

