Crossover Healthcare Fund kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-04 16:55:00 / Yangiliklar
2026-yil 4-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Crossover Healthcare Fund kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Dastlab Crossover Healthcare Fund vakillari kompaniya faoliyati, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berib o‘tishdi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar tadbirkorlar va investorlarga onlayn savdolar orqali istiqbolli maydonlar taklif etilayotgani hamda sohada yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.


