Kon-geologiya vazirligi delegatsiyasi OECD Yevroosiyo haftaligi-2026 forumida ishtirok etmoqda
2026-02-03 12:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 2 – 4-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan Yevroosiyo haftaligi-2026 forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur forumda tarkibida vazirlik hamda “O‘zbekiston TMK” AJ vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.
Forumning birinchi kunida “Barqaror o’shishni ta’minlashda sanoat uchun minerallarni rivojlantirish siyosati” mavzusiga bag‘ishlangan panel sessiyada vazirning birinchi o‘rinbosari F. Xamidova muhim minerallar sohasida ekologik xavflarni boshqarish hamda gender tengligi siyosati yuzasidan taqdimot qildi.
Shuningdek, tadbir doirasida bir qator tashkilot va kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.



