Gidrogeologik ilmiy tadqiqot ishlari holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
2026-02-02 17:15:00 / Yangiliklar
“GIDROINGEO instituti” DMning “Yer osti suvlari resurslarini baholash va foydalanishning noan’anaviy metodikalarini asoslantirish” loyihasi 1-bo‘limi doirasida “Galereya suv olish inshooti”da amalga oshirilgan gidrogeologik tadqiqotlar natijalari o‘rganildi.

Qoradaryo yoqasida barpo etilgan “Galereya” tipidagi suv olish inshooti loyiha qiymati 240 mlrd so‘mni tashkil etadi. Inshoot 35 gektar maydonni egallagan va galereya 10–12 m chuqurlikda, 3 km uzunlikda gorizontal holda yotqizilgan D-1 220 mm quvurlardan iborat. Quvurlardagi mayda teshiklar orqali yig‘ilgan daryo suvlari 15,6 km uzunlikdagi suv uzatish tarmog‘i orqali tozalash inshootiga yo‘naltiriladi. Bu jarayon uchun elektr energiyasi talab etilmaydi.
O‘rganish yakunida, loyiha mualliflariga geologik masalalar bilan bog‘liq ayrim muammolarni hal etish, inshootning kelgusida samarali va xavfsiz ishlashini ta’minlash yuzasidan takliflar berildi.


