Habib Rafiq Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-02 16:10:00 / Yangiliklar
Kon-geologiya vazirligida vazirning birinchi oʻrinbosari F. Xamidova, vazirlik xodimlari va Pokistonning Habib Rafiq (Pvt.) Ltd kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda mehmonlar tomonidan xorijiy kompaniya faoliyati, amalga oshirilayotgan va istiqboldagi loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, tomonlar hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, geologiya qidiruv ishlari tajriba almashinuvi, birgalikda turli loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashdilar.

