OKMK texnoparki KRANTAS “NMTE-240” avtosamosvallari bilan boyimoqda
2024-05-28 17:25:00 / Yangiliklar
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati “Yoshlik-1” koniga transport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan Texnologik transport boshqarmasi texnoparkiga 2 ta yangi zamonaviy avtogigant olib kelindi.

2024-yilda jami 5 dona KRANTAS “NMTE-240” rusumli avtosamosval olib kelinishi rejalashtirilgan. Yanvar oyida 2 ta ana shunday avtogigant keltirilgandi, yaqin kunlarda yana 1 dona samosval kombinat ixtiyoriga topshiriladi.
Ushbu samosvallarning yuk ko‘tarish quvvati 236 tonnani tashkil etib, transport vositasi to‘liq avtomatlashtirilgan. Avtosamosvallar mahalliylashtirish dasturi asosida “NURAFSHON-MAXSUS-TEXNIKA” MChJda ishlab chiqarilmoqda.
