Urgut tumanida qishloq xoʻjaligi yerlarini yer osti suvlari hisobiga oʻzlashtirish masalasi joyiga chiqqan holda oʻrganildi
2026-01-29 16:15:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga muvofiq Samarqand viloyati Urgut tumanini kompleks rivojlantirish dasturi boʻyicha tumandagi qishloq xoʻjaligi yerlarini yer osti suvlari hisobiga oʻzlashtirish masalasi joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Oʻrganishda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzbekgidrogeologiya” DM va Davlat geologik monitoring xizmati mutaxassislaridan tashqari Urgut tumani hokimligi, Suv xoʻjaligi va Qishloq xoʻjaligi vazirliklari vakillari ishtirok etishdi.
Oʻrganishlar yakunida vazirlik tomonidan Urgut tumanida agrokompleks majmuasini qurish uchun 500 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlarini yer osti suvlari hisobiga oʻzlashtirish boʻyicha xulosa berilib, burgʻilanadigan quduq joylari koʻrsatib oʻtildi.



