O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-01-28 17:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning Qazib olish sanoatining shaffofligi tashabbusiga (EITI) ehtimoliy qo‘shilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar, xususan EITI tashkiloti boshqaruvi raisi Helen Klark boshchiligidagi delegatsiyasining mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, S.Chakrabarti Kon-geologiya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning EITI tashkilotiga ehtimoliy qo‘shilishi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida ko‘rsatilgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrushuv so‘ngida tegishli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda EITI tashkiloti va Prezident maslahatchisi ekspertlari guruhi bilan birgalikda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.


