Kon-geologiya vazirligi vakillari boshqaruv tizimida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv-seminarida ishtirok etishdi
2026-01-28 11:31:00 / Yangiliklar
Osiyo taraqqiyot banki va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Boshqaruv tizimida gender tenglikni ta’minlash mexanizmlari: genderga oid audit tamoyillari” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Vazirlik vakillari ham ishtirok etgan ushbu tadbirda amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar orqali davlat tashkilotlarida ichki tartib-taomillar, kadrlar siyosati, xizmat jarayonlari hamda hujjatlar aylanishida genderga sezgir yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mexanizmlari kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning genderga oid auditni o‘tkazishda zarur bo‘lgan asosiy vositalar va amaliy yondashuvlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamladilar.




