NASA agentligi delegatsiyasi Geologiya fanlari universitetida bo‘ldi
2026-01-22 12:35:00 / Yangiliklar
AQShning taniqli kosmik muhandisi, “NASA” agentligining bir qator muhim kosmik missiyalari rahbari Nagin Koks boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida Geologiya fanlari universitetida “Dare to Dream: Mission to Mars” mavzusida ilmiy-ma’rifiy ma’ruza hamda fan, texnologiya va muhandislik (STEM) yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Ta’lim koordinatori Daniya Xasanova, diplomat Anna Balog, AQSh elchixonasi vakillari, Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida kosmik tadqiqotlar, Marsga amalga oshirilgan missiyalar, zamonaviy muhandislik yutuqlari, shuningdek, yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Nagin Koks o‘z ma’ruzasida Marsni o‘rganishda 400 dan ortiq olimlar, jumladan geologiya sohasi mutaxassislari ishtirok etayotgani, NASA tomonidan yillar davomida Marsga yuborilgan raketa va robotlar haqida ma’lumot berdi.


