Nurota tumanida gidrogeologik o‘rganishlar olib borilmoqda
2026-01-21 16:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari, gidrogeolog olimlar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatining Nurota tumanida sel suvlarini yer ostiga maqsadli yo‘naltirish, suv zaxiralarini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida Nurota tumani hokimi A. Fayziyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, sel suvlarini samarali yo‘naltirish, barqaror boshqarish va sun’iy suv singdirish maydonlari orqali yer osti suv zaxiralarini ko‘paytirish, hududdagi gidrogeologik va qishloq xo‘jaligi loyihalarini muvofiqlashtirish masalalar muhokama qilindi.
Tadqiqot ishlari infiltratsiya inshootlari, chek dambalar va sun’iy suv singdirish maydonlari orqali yer osti suv zaxiralarini ko‘paytirish, mahalliy aholi va qishloq xo‘jaligi uchun suv resurslarini samarali boshqarish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.



