Gullisay uchastkasida geofizika dala ishlari amalga oshirilmoqda
2024-05-23 16:05:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Regionalgeologiya” DM Markaziy GGE geofizika partiyasi tomonidan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Hisor MGQE Qashqadaryo dala ekspeditsiyasining Gullisay uchastkasida 1:25 000 miqyosda geofizika dala ishlari olib borilmoqda.

Uchastkada kompleks geofizik dala ishlari olib borilish ko‘zda tutilgan, birinchi bosqich doirasida elektrorazvedka usulining undalma qutblanish (VP-SG) qidiruv usuli qo‘llanilmoqda.


