Vazir MTA Tashkent Mining kompaniyasi direktori bilan uchrashdi
2026-01-21 12:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov, vazirlik mutassaddilari bilan birgalikda MTA Tashkent Mining kompaniyasi direktori Ramazan Sari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar Turkiya Mineral resurslarni razvedka qilish va qidirish bosh boshqarmasi (MTA) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, istiqbolli maydonlar, yer uchastkalarining onlayn auksion orqali tadbirkorlarga taklif qilinayotgani, “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi qonunda investorlar uchun berilgan imtiyoz hamda takliflar haqida fikr almashildi.


