2PointZero kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-01-19 16:55:00 / Yangiliklar
2026-yil 19-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Birlashgan Arab amirliklarining 2PointZero kompaniyasi hamda International Resources Holding vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, vazirlik va “NKMK” AJ mutasaddilari, 2PointZero kompaniyasining (BAA) rivojlanish bo‘yicha bosh ijrochi direktori Haled Al Kaabi, investitsiyalar bo‘yicha direktori Salmon Bhatti ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida kompaniya bilan birgalikda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqbolli maydonlarda geofizika ishlarini olib borish va boshqa masalalar muhokama qilindi.



