Vazirlik delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan Kelajak minerallari forumida ishtirok etdi
2026-01-16 15:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda vazir maslahatchisi B. Normatov, shuningdek vazirlik markaziy apparati va vazirlik tizimidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, jumladan Geologiya fanlari universiteti, “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati, “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM hamda boshqa tegishli tuzilmalar vakillari qatnashdi.
Forum doirasida mineral-xomashyo sohasini barqaror va mas’uliyatli rivojlantirish, mineral resurslarni yetkazib berishning global zanjirlarini ta’minlash, shuningdek geologiya va tog‘-kon sanoati sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Qidiruv geofiziklari jamiyati bilan uchrashuv o‘tkazildi va hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Bundan tashqari, forum doirasida Toshkentda 14 - 18-sentabr kunlari “GEOMIN – 2026” xalqaro tadbiri o‘tkazilishi rasman e’lon qilindi.






