O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari haqida seminar o‘tkazildi
2026-01-15 17:50:00 / Yangiliklar
2026-yil 15-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalar hamda tizimosti korxonalar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida “Iqtisodiy o‘qish” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida qayd etilgan, shuningdek yangilanayotgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasidagi sohaga oid topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli ta’minlash, natijadorlik va samaradorlikka erishish kabi ustuvor vazifalarni so‘zsiz bajarish bo‘yicha tizimli va manzilli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Strategik rivojlantirish, transformatsiya va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M. Bolibekov mavzu yuzasidan taqdimot qildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.









