Geologiya fanlari universitetida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2026-01-15 15:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda universitetning tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh. Sagdullayev tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va turlari, davlat tashkilotlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda Odob-axloq komissiyasi va davlat organlarining vakolatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tartibi, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xabarnomalarni ko‘rib chiqish, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni taqdim etish hamda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash tartibi haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.



