China Coal Resource Development kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-01-12 17:10:00 / Yangiliklar
2026-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupov hamda China Coal Resource Development kompaniyasi Bosh direktori Y.ChinSian boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida, jumladan, ko‘mir sanoatida hamkorlik o‘rnatish, ko‘mirni zamonaviy texnologiyalar asosida atrof-muhitga ta’sirini kamaytirgan holda qazib olish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda tomonlar istiqbolli loyihalar doirasida hamkorlikga tayyor ekanliklarini bildirdilar va hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.




