Kon-geologiya vazirligi mutaxassislari “Suv resurslari xavfsizligi–2024” I Xalqaro anjumanida ishtirok etishdi
2024-05-17 18:10:00 / Yangiliklar
Joriy yil 14-15-may kunlari Omsk shahrida “Suv resurslari xavfsizligi –2024” I Xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DMning malakali mutaxassislari ishtirok etishdi.
Davra suhbatlarida “Oʻzbekistonda yer osti suvlaridan samarali foydalanish va monitoringini olib borish” va “Oʻzbekistonning gidromineral suv resurslari va ularni diversifikatsiya qilish” mavzularida taqdimotlar qilindi.

