INNOMETUZ-2024 xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-05-17 16:06:00 / Yangiliklar

Tadbirda “OKMK” AJ rahbari A.Xursanov, Bekobod shahri hokimi N.Boboyev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori A.Ibrohimov, Toshkent davlat texnika universiteti prorektori S.Donayev va boshqa mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etib, O‘zbekiston metallurgiya kombinatini 80 yillik yubileyi bilan tabrikladilar. “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyatiga “O‘z DSt ISO 14001:2019” sertifikati topshirildi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada dastlab kombinat boshqaruv raisi – bosh direktor R.Pirmatov “O‘zmetkombinat” AJ: tarixi, yutuqlari va istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. Keyin “O‘zbekiston Respublikasining o‘tga chidamli sanoatining holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari”, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati va Magnitogorsk davlat texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning 35-yillik tarixi”, “Belarusdagi metallurgiya sohasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar” va boshqa mavzularda taqdimotlar qilindi.
Anjumanning ikkinchi kunida konferensiya ishtirokchilari “O‘zmetkombinat” AJ tarixi muzeyi faoliyati bilan tanishishdi, elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida po‘lat quyish jarayonini ko‘zdan kechirishdi, so‘ngra anjuman shu’balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.









