Kon-geologiya vazirligi bo‘linma rahbarlari hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) shakllantirish yuzasidan seminar o‘tkazildi
2026-01-09 16:10:00 / Yangiliklar

Seminarni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) baholash, xodimlarning kompitentsiyalarini oshirish, soha oldiga qo‘yilgan muhim vazifa va topshiriqlarni bajarishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Jamlanma axborot-tahlil va xalqaro tajribani oʻrganish boshqarmasi bosh mutaxassisi E. Asanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kunidagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqib, belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) qayta koʻrib chiqish, Eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda baholash tartibi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda “OKMK” AJ mehnatni rag‘batlantirish va ish haqi to‘lash bo‘limi boshlig‘i A. Kambarov kombinatning amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ma’ruza bilan ishtirok etdi hamda seminar qatnashchilarini asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimini joriy etish bosqichlari, shuningdek uni amaliy faoliyatda qo‘llash yondashuvlari bilan tanishtirdi.
Seminar yakunida ma’ruzachilar ishtirokchilarning savollariga javob berdilar. Muhokama jarayonida vazirlik markaziy apparati departamentlari, boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda xodimlari faoliyatida asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni shakllantirish va qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.






