Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismda OKMK homiyligida qurilgan yangi o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-01-08 16:35:00 / Yangiliklar

Ushbu binoning tantanali ochilish marosimda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov, OKMK rahbariyati, Olmaliq shahar hokimligi mas’ullari, O‘zbekiston Qahramoni Saydali Rahmonov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 3-Mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi munosabati bilan qo‘riqlash xizmatini kengaytirish va harbiy xizmatchilar malakasini oshirishga munosib sharoit yaratish maqsadida qurilgan mazkur uch qavatli bino 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, undagi 50ga yaqin xonalarda jangovar hamda ma’naviy-ma'rifiy tayyorgarlik sinflari, kutubxona, IT xonasi hamda xizmat xonalari zamon talablari asosida tashkil etilib, eng so‘ngi jihozlar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, binoning yon qismida 20ta maxsus harbiy texnikaga mo‘ljallangan yopiq avtoturargoh ham barpo etildi.




