Ohangaron shahrida yangi mashinasozlik korxonasi qurilmoqda
2024-05-15 16:50:00 / Yangiliklar

Tantanali marosimda “Olmaliq KMK” AJ raisi A. Xursanov, Kon-geologiya vazirligi huzuridagi Loyiha ofisi rahbari oʻrinbosari D.Xoldaraliyev, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari J.Jamolov, “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” DM rahbari I.Nabiyev, Huigong Machinery Group Co, Ltd. (Xitoy) kompaniyasi prezidenti Sun Siling hamda Ohangaron tumani hokimi E.Muhitdinov ishtirok etdi.
Yangi korxona – togʻ-kon mashinalari va texnikalari (avtosamosval) uchun asosiy tarkibiy ehtiyot va butlovchi qismlarini ishlab chiqarish, ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadi. Loyihaning qiymati 23 mln dollarni, mahsulot ishlab chiqarishning yillik hajmi 37,5 mln dollarni tashkil etadi.





