Kon qazib olish korxonalarining yo‘l transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini va Kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi
2025-12-30 17:35:00 / Yangiliklar
2025-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kon qazib olish korxonalarining yo‘l transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini va Kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror (25.12.2025y. 829-son) bilan:
- kon qazib olish korxonalarining texnologik yo‘l transportidan foydalanishda ishlarning bexatar olib borilishini va texnologik yo‘l transportidan foydalanishning butun davridagi jarayonlarga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi Qoidalar;
- kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning bexatar olib borilishini va ularning butun davridagi jarayonlarga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi Qoidalar tasdiqlandi.
