“Navoiyuran” DK ESG reytingida sezilarli darajada o‘sishga erishdi
2025-12-24 17:10:00 / Yangiliklar
Sustainable Fitch xalqaro reyting agentligi “Navoiyuran” davlat korxonasining ESG (Environmental, Social, Governance) reytingini tasdiqlab, umumiy 55 balldan 61 gacha oshirilganini ma’lum qildi.

Sustainable Fitch bahosiga ko‘ra, ushbu natija “Navoiyuran” DKning aniq va tizimli barqarorlik strategiyasi, ESG yo‘nalishida olib borilayotgan izchil transformatsiya hamda korxonada tashkil etilgan kuchli korporativ boshqaruv tizimi samarasi hisoblanadi.
