Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsiligini nazorat qilish inspeksiyasining brifingi
2024-05-08 16:10:00 / Yangiliklar
AOKAda Togʻ-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda inspeksiya Axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyev 2024 йил I choragida amalga oshirilgan nazorat-profilaktika ishlari, jumladan neft va gaz sohasida sanoat xavfsizligi, geologiya va yer qaʼrini muhofaza qilish, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi, bugʻ qozonlari, koʻtarish inshootlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, brifingda tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsiligini nazorat qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari hamda yil davomida amalga oshiriladigan asosiy vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

