Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
2025-12-18 16:50:00 / Matbuot anjumanlari

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boʻlim boshligʻi N.Pulatov, “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM direktori o‘rinbosari Sh.Toshev, “O‘zbekgidrogeologiya” DM bosh gidrogeologi F.Haydarov spikerlar sifatida OAV vakillari hamda ishtirokchilarga ma’lumot berib o‘tishdi.
Matbuot anjumanida yer osti suvlarini izlash, qidirish, zaxiralarini tasdiqlash va resurslarini baholash, hududlarning geoekologik, meliorativ-gidrogeologik holatini baholash va yer osti suvlari muhofazasi, muhandis-geodinamik jarayonlar va togʻ-kon ishlarida gidrogeologik hamda muhandis-geologik tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar asosida yer osti suvlarining optimal monitoring tizimini asoslantirish va yer osti suvlari monitoringi kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda OAV vakillari va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.









