“Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishning ahamiyati” mavzusidagi seminar haqida
2025-12-17 17:35:00 / Yangiliklar
Joriy yil 17-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tarkibiy bo‘linma rahbarlari hamda tegishli yoʻnalish mutaxassislari uchun “Davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishning ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar treningda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi mas’ul xodimi T.Salimov oʻz taqdimoti bilan ishtirok etdi. Qo‘mita vakili taqdimotida davlat xaridlari jarayonida moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish orqali korrupsiogen xavf-xatarlarini kamaytirish hamda raqobat qonunchiligi talablarini bajarish, uning buzilish oqibatida javobgarliklar haqida ham ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda ma’ruzachi tomonidan ishtirokchilarning monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishga oid berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.





