Mineral resurslar instituti delegatsiyasi Xitoyning mis sanoati korxonalari faoliyati bilan tanishdilar
2025-12-11 16:35:00 / Yangiliklar

Safar davomida delegatsiyaga ishlab chiqarish texnologiyalari, xomashyo bazasi hamda korxonalarning boshqaruv amaliyoti bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Dastlab, Kunming shahrida mis sanoati, metallurgiya va geologiya yo‘nalishidagi qator tashkilotlarda uchrashuv va amaliy tanishuvlar o‘tkazildi. China Copper Co., Ltd kompaniyasi tuzilmasi bo‘yicha taqdimot va asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar olindi.
“MRI” DM vakillari Yunnan Copper hamda Xitoy Geologiya Xizmati (Sian Markazi) vakillari bilan uchrashib, texnik hamkorlik yo‘nalishlari va kelajakdagi amaliy aloqalarni muhokama qildilar.
Southwest Copper kompaniyasining zamonaviy mis eritish zavodi, elektroliz zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiya va qayta ishlash bosqichlari o‘rganildi.
Shuningdek, delegatsiya Xitoydagi eng yirik yerosti mis konlaridan biri Pulangning ishlab chiqarish jarayonlari va mis boyitish zavodi bilan yaqindan tanishdi.


